Venger: Pedro? Buni bilmadim
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya Superkubogi uchun “Chelsi”ga qarshi(1:1, penaltilar seriyasida 4:1) kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Pedroni haqli ravishda chetlatishdi yoki yo‘q, bunisi menga qorong‘u. Ammo shu davrda biz maydonda ustunlikka ega edi. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng, bizda biroz muammolar yuzaga keldi. Biroq so‘ng ustunlikni o‘z tomonimizga og‘dira oldik. “Chelsi” darvozasi oldida muntazam xavfli vaziyatlar yaratdik.
Premer-Ligadagi har bir o‘yin – bu jangdir. Bugungi o‘yin ham shular jumlasidan. Muxlislarimizni xushnud eta olganimizden juda ham xursandman. O‘yin qiyin o‘tdi. Biroq biz g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirdik.
Muxlislardan bizni qayg‘uli kunlarda ham, baxtiyor kunlarda ham qo‘llab-quvvatlashini so‘ragan bo‘lar edim”, – deb fikriga yakun yasadi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar