Venger va Zidan yulduzlarga boshchilik qilishi kutilmoqda

  • 06.12.2021 20:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real" sobiq murabbiyi Zinedin Zidan PSJda ishlash imkoniyatini inkor etmayapti. Bu haqda "Foot Mercato" nashri xabar berdi. 

Frantsiyalik mutaxassis allaqachon Parij klubi rahbarlari bilan dastlabki muzokaralarni olib bordi. Shuningdek, Zidan "Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger bilan PSJda ishlashga qarshi emas.

Bu holatda Zinedin jamoani boshqaradi, Arsen esa klubning strategik rivojlanishi bilan shug‘ullanadi. 

Qayd etish lozim, 72 yoshli frantsiyalik mutaxassi ayni vaqtda FIFAda futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelyapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!