Verner yana Bundesligaga qaytishi mumkin

  • 16 mart, 2021, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" shu yoz "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Tecno

Football Insider tarqatgan xabarga qaraganda, "aristokratlar" 20 yoshli norvegiyalik to‘purarning transferi evaziga o‘zining germaniyalik hujumchisi Timo Vernerni qo‘shib berishga tayyor.

Verner "Chelsi"ga 2020 yilning yozida “RB Leytsig”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida londonliklar safida 38 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Erling Xoland joriy mavsum “Borussiya” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 31 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!