"Verona" - "Roma" uchrashuvini qaysi telekanal namoyish etadi?
"Roma" A Seriya 4-turida "Verona" bilan kuch sinashadi. Eldor Shomurodov jamoa bu turni safarda o‘tkazadi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Rimliklar ayni paytda 3 uchrashuvda yuz foizlik natija bilan etakchilar qatorida bormoqda. "Bo‘rilar"ning bugungi raqibi esa barcha o‘yinlardagi mag‘lubiyat evaziga autsayderlar qatoridan o‘rin egallagan.



Fikrlar