
Verratti 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi (video)
PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Eslatib o‘tish lozimki, italiyalik futbolchi Frantsiya chempionatining 3-turida “Tuluza”ga (6:2) qarshi bahsida raqib futbolchisining oyog‘iga o‘ta xavfli tarzda tashlangani uchun hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan ogohlantirilib, maydondan chetlatilgan edi.
Quyida ushbu holatga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:
Ta’kidlash lozimki, Verratti endi "Sent-Eten", "Metts" va "Lion" klublariga qarshi bahsda o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Fikrlar