Verratti: "Bolalarim haligacha Italiyani jahon chempionatida ko‘rmagan"
Marko Verratti Italiya terma jamoasining oxirgi ikki Jahon chempionatiga chiqolmagani haqida gapirdi.
"Ikki marta ketma-ket jahon chempionatiga chiqa olmaganimizdan so‘ng, uchinchi marta ham shunday bo‘lishi juda ortiqcha bo‘ladi. Butun bir avlod turnirda ishtirok etmadi. Bolalarim haligacha Italiyani jahon chempionatida ko‘rmagan.
Bu oson bo‘lmaydi, chunki hatto saralashdan o‘ta olmagan vaqtimizda ham bu juda g‘alati holatlar bilan kechgan. O‘shanda o‘ylagandik: “Qanday qilib chiqolmadik — bu axir mumkin emas-ku?” Biz dunyo rekordini yangilagan edik. (37 ta o‘yin ketma-ket mag‘lubiyatsiz) Shunga qaramay, jahon chempionatiga chiqa olmadik", — dedi “Al-Duxail” yarimhimoyachi
Fikrlar