Verratti yozda MYuga ko‘chib o‘tishi mumkin
PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti yozgi transferlar davrida "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 25 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan jamoa ustozi Joze Mourino qiziqish bildira boshlagan.
Ta’kidlash kerakki, Verratti uchu shuningdek “Yuventus” ham kurash olib bormoqda. Uning transfer narxi esa 86 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar