“Vest Xem” murabbiyi “Siti”dan uchralgan mag‘lubiyat sababini ochiqladi
Angliya Premer-ligasining 17-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vest Xem”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 37 ochko bilan musobaqa jadvalida vaqtincha bo‘lsa-da, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Uchrashuvdan keyin “Vest Xem” bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Biz ikkinchi bo‘limni, ayniqsa uning boshlanishini, yaxshiroq o‘tkazdik. O‘yinning birinchi yarmi biz uchun unchalik yaxshi bo‘lmadi. Biz o‘yinni juda yomon boshladik. Raqib tezkor gol urdi va o‘yinni nazorat qildi.
Ikkinchi taym yaxshiroq chiqdi. Biz rejalashtirgan ishlarimizni to‘liq bajara olmadik.
Shunday tez gol o‘tkazib yuborganda barchasi yanada qiyinlashadi. Biz bu o‘yinni diqqat bilan tahlil qilishimiz kerak, - dedi Nunu Eshpiritu Santu.
“Vest Xem” ayni paytda Angliya chempionati turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Premer-ligada o‘tkazilgan 17 ta o‘yinda 13 ochko jamg‘argan.

Fikrlar