
"Vest Xem" safarda 1 kishi kam bo‘lib "Nyukasl"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (video)
Angliya premer-ligasining 32-turida “Vest Xem” safarda “Nyukasl”ga qarshi bahs olib bordi.
5 ta gol kiritilgan o‘yinda 3:2 hisobida “qarg‘alar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Nyukasl”ga g‘alaba keltirgan gollar Issa Diop (36' avtogol), Joelinton (41') va Jo Uillok (82') tomonidan kiritildi. “Bolg‘achilar”ning 2 ta javob goliga Issa Diop (73') va Jessi Lingard (80') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar