"Vest Xem" sobiq "Barselona" himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqda

  • 10.08.2024 08:13
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Vest Xem" ushbu yozda bitta himoyachi bilan shartnoma imzolashga harakat qilayotgandi. Jamoa bu bo‘yicha frantsiyalik futbolchi Jan-Kler Todibo bilan kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ushbu transfer "bolg‘achilar"ga 40 million evroga tushadi. "Nitstsa" allaqachon bu summalarni olishga rozi va himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga yo‘l olgan. 

Todibo 2021 yili "Barselona"dan 9 million evroga sotib olingan. Shundan keyin u jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. Qo‘shimchasiga top klublar e’tiboriga tushdi. 24 yoshli frantsuzni "Yuventus" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olish ustida ishlayotgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!