Veynaldum: "Barsa"dan taklif olmadim

  • 24 mart, 2021, 12:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" maydon markazidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida uzoq vaqtdan beri Jorjino Veynaldum bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi to‘g‘risida gap-so‘zlar yuribdi. Niderlandiyalik yarim himoyachi bunga o‘z munosabatini bildirdi:

Tecno

"OAVda doimo qaysidir futbolchining kelajagi muhokama qilinadi. Shu jumladan, sizlar meni ham boshqa klubga o‘tishim haqida yozmoqdasiz. Biroq avval ham aytganimdek, men boshqa jamoadan hech qanday taklif olmadim. Menda siz uchun umuman yangilik yo‘q".

"Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa boshqaruviga kelgach, sobiq shogirdini Kataloniyaga olib kelmoqchi ekanligi aytilgandi. Shuningdek, 58 yoshli mutaxassis Memfis Depayni ham "Barsa"ga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, Veynaldumning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyida tugaydi va futbolchi erkin agent maqomini oladi. Ayni dam 30 yshli yarim himoyachi istagan klubi bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!