
Video: "Lokomotiv" — "Metallurg" 1:1
O‘zbekiston Superligasi 2-turida “Lokomotiv” va “Metallurg” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi va unda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Diyorjon Turopov o‘zining aniq zarbasi bilan gol kiritib, hisobni ochgan edi. 75-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Pavel Purishkin bosh bilan zarba yo‘llab, Ma’mur Ikromov darvozasini ishg‘ol etishga erishdi va muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, amaldagi chempion – “Lokomotiv” o‘z maydonida ochko yo‘qotdi. Quyida uchrashuvning videosharhini tomosha qilish mumkin.
Fikrlar