Viktor Estrelya bir turnirni qatorasiga uch marotaba yutib olgan yagona tennischi
Avval xabar berganimizdek, dominikanlik tennischi Viktor Estrelya “ATR Ecuador Open – 2018” turnirining ilk davrasida zafar quchgan edi.
Shuni ta’kidlash kerakki, “ATR Ecuador Open” turniri 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Viktor mazkur musobaqaning hozirgi kunga qadar o‘tkazilgan barchasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. U uch turnirda 16 marotaba kortga chiqib, barcha uchrashuvda g‘olib bo‘lgan.
Bu yilgi musobaqaning ilk davrasida Viktor va braziliyalik Tomaz Belluchchi to‘rtinchi bor o‘zaro to‘qnash keldi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng Estrelya o‘yin haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
“Menga qanday qarshilik bo‘lishini bilar edim. Xudoga shukr, o‘yinning ikkinchi setida menga g‘alaba qozonishim uchun imkoniyat berdi. Hal qiluvchi setda esa men o‘z o‘yinimni topib oldim.
Kitoga yana bir bor kelganimdan xursandman. Bu erda men o‘zimni juda yaxshi his qilaman. Umid qilamanki, turnir so‘nggiga qadar bu erda qolaman”, deydi Viktor.
Fikrlar