
Viktor Jalilov matbuot anjumanida qatnashmadi, sababi...
“Navbahor” – “Andijon” (0:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Viktor Jalilov jurnalistlarning savollariga javob berishi kerak edi. Ammo uning o‘rniga klub murabbiyi Mustafo Bayramov ishtirok etdi.
- Birinchi navbatda, "Andijon" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislarimizdan esa bugungi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman.
G‘alaba qozonish uchun astoydil harakat qilgan bo‘lsak-da, gol urolmadik. Uchrashuvning oxirgi soniyalarida to‘p o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldik.
Viktor Romanovich Jalilovning salomatligi biroz yomonlashgani sabab matbuot anjumanida qatnasha olmadi, - deydi Mustafo Bayramov.
Fikrlar