Viktor Karpenko: "O‘yin muxlislarga yoqdi"
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Bunyodkor” (2:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Viktor Karpenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman! Chunki “Bunyodkor” ular uchun o‘ynaydi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi va xaqli g‘alabaga erishishdi. Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limdan farqli ravishda ikkinchisida ko‘p vaziyatlar yuzaga keltirdik. O‘ylaymanki, o‘yin muxlislarga manzur keldi.
“Paxtakor” bilan o‘yinlarga ortiqcha motivatsiya shart emas. Bu jamoa yurtimiz bayroqdori. O‘zbekistonning ko‘p karra chempioni. Yigitlarning o‘zi barchasini his qilib turgandi. Dilshod Jo‘raev kasal bo‘lib qolgani sababli ro‘yxatga kiritilmadi.
“Bunyodkor” matbuot xizmati.

Fikrlar