Viktor Karpenko "Sochi"da!

  • 05.12.2021 23:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bugun Rossiya premer-ligasida 17-tur bahslari davom ettirildi. “Fisht Olympic” stadionida “Sochi” hamda “Krasnodar” klublari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yinni “Bunyodkor” klubida faoliyat olib borayotgan murabbiy Viktor Karpenko ham kuzatib bordi.

Ma’lum bo‘lishicha, u bir necha kun ilgari malaka oshirish uchun Sochiga etib kelgan. Shu sababdan hamyurtimiz “Sochi” klubida amaliyot o‘tamoqda.

Karpenko stadionda kuzatgan uchrashuvda “Sochi” o‘z maydonida “Krasnodar”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!