
Viktor Kumikov qur’a haqida nima deydi?
Pro ligada II bosqichga qur’a tashlangach, “Andijon” bosh murabbiyi Viktor Kumikov bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Qur’a haqida to‘xtalsam, men shunchaki qachon o‘ynashimiz kerakligini bilmoqchi edim. Kim bilan o‘ynashimizni farqi yo‘q edi, faqat aniq sanalarini bilish qiziq edi. Sababi hamma jamoalar bilan 2 martadan o‘ynab chiqqanmiz. Shu bois barcha jamoalarni qanday imkoniyatga egaligini bilamiz.
Asosiysi, dastlabki turda “Xorazm”ga qarshi safarda tushmadik. Sababi, u erga borish qiyinchilik tug‘dirardi. Umuman aytganda, qur’a yaxshi o‘tdi”, - deydi Viktor Balyutovich.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar