
Villian uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Villian uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Barselona" va "Tottenxem"dan tashqari "Atletiko" ham kurash boshlagan. “Matraschilar” 31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan faol muzokaralar olib borishmoqda va o‘zaro hamkorlik qilish masalasini muhokama qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Villianning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi. U hozircha “aristokratlar” bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganicha yo‘q.
Fikrlar