
"Vilyarreal" grandlarni qo‘rqitib yuborgan
Ispaniyaning “Vilyarreal” klub himoyachisi Pau Torresga ko‘plab jamoalardan qiziqish bo‘lgan. Ular orasida “Arsenal”, “Chelsi”, “Tottenxem” jamoalari ham bor edi.
Ispaniya klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli futbolchini sotishga tayyor bo‘lgan. Ammo Angliya grandlari “Villyareal” xohlayotgan 45 million evroni to‘lashni istashmagan va bu transfer barbod bo‘lgan.
Torres 2018 yildan buyon “sariq suv osti kemasi” sharafini himoya qilib kelmoqda. Himoyachi bu mavsum barcha chempionatlarda klubining 8 o‘yinida maydonga tushdi.
Fikrlar