"Vilyarreal"ga qarshi bahsdan so‘ng, Zidan nimalar dedi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Vilyarreal" bilan o‘yin (2: 2) haqida fikr bildirdi.

"Raqib ikkita hujum qildi va ikkita gol urdi. Bunday holat ham bo‘lib turadi va biz uning ustida ishlashimiz kerak. Himoyadagi o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Hujumda nima qilishimiz mumkinligini bilamiz. Bugungi asosiy maqsadimiz, yutqazmaslik edi.

Ramosning xatosiga kelsak, futbolda xatolar bo‘lib turadi. Agar uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasini olsak, biz juda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Qachonki ikkita gol o‘tkazib yuborsangiz, tezda o‘z o‘yiningizni topib olishingiz zarur. Biz ko‘proq gol urishimiz kerak.

Bizning rejamiz shu tarzda o‘ynash edi, biz "Vilyarreal"ning maydonda muammolari borligini bilardik, shuning uchun oldinda Yovich va Benzemani ko‘rishni istadik. Ehtimol biz kerakli gollarni ura olmagandurmiz. Ammo biz 4-4-2 sxemasidan foydalanishimiz mumkin, chunki bizda ikkita yaxshi hujumchi bor," - dedi Zidan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!