Vinisius Braziliya terma jamoasiga chaqirilmaydi

  • 22 avgust, 09:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Vinisius Junior Braziliya terma jamoasining sentyabr oyidagi navbatdagi yig‘ini va uchrashuvlariga chaqirtirilmaydi.

Tecno

Ge Globo nashrining ma’lum qilishicha, terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ana shunday qarorga kelgan.

Vinisius Junior beshinchi sentyabr kuni Chili terma jamoasiga qarshi uchrashuvni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuborishga majbur. Italiyalik murabbiy Evropada o‘ynayotgan futbolchini faqat bitta o‘yin – 10 sentyabrda Boliviya bilan bo‘ladigan bahsga chaqirtirishni istamadi.

Bu orqali Karlo Anchelotti Vinisiusga qo‘shimcha dam olish kunlarini taqdim qilishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!