
Vinisius ishonchni oqlamadi. O‘rniga yangi to‘purar keladi
“Tottenxem” joriy mavsumda sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda. Joze Mourino maqsadini amalga oshirish uchun tarkibni muntazam kuchaytirib borishga harakat qilmoqda.
Portugaliyalik murabbiy anchadan buyon Harri Keyn o‘rnini bosa oladigan va ko‘p gol uradigan hujumchi qidiryapti. Ana shu maqsadda “Benfika”dan Karlos Vinisius ijara olingan edi. Biroq, Portugaliya chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish etgan Vinisiusning premer-ligadagi o‘yini Mourinoga yoqmadi.
Ayni paytda Mourino ikki hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Ulardan birinchisi Arkadiush Milik. “Napoli” qishda bu hujumchini 10 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, yozda erkin agentga aylanadigan polshalik to‘purarda “Yuventus”, “Roma” va “Atletiko”dan ham takliflar bor.
Ikkinchi nomzod – Diego Kosta “Atletiko” bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni istamayapti. Ispan hujumchisining o‘zi ham Joze Mourino qo‘l ostida to‘p surishga qarshi emas.
Fikrlar