Vinisius Zhunior: "Anchelotti mendan 10-raqamni kiyishni so'radi"
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Zhunior Braziliya terma jamoasida nega 10-raqamda o‘ynashga rozi bo‘lgani haqida gapirdi.
"CazeTV" nashriga bergan intervyusida futbolchi bu qaror Karlo Anchelottining taklifi bilan qabul qilinganini ma’lum qildi.
"Anchelotti mendan 10-raqamni kiyishni so‘radi. Boshqa futbolchiga ortiqcha bosim tushmasligi uchun shunday qildi. U taklif qildi va men qo‘rqmasdan qabul qildim", — dedi Vinisius.
Vinisius 2019 yildan beri Braziliya terma jamoasida o‘ynab kelmoqda. U shu paytgacha 47 ta o‘yinda 8 ta gol urgan. Jamoa tarkibida u 2021 yildgi Amerika kubogida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Fikrlar