Vinisius Junior Zidandan nima so‘ramoqda?

  • 6 sentabr, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Vinisius Junior jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidandan uni tez-tez asosiy tarkibda maydonga tushirishini so‘ramoqda.

“O‘ng oyog‘ida o‘ynaydigan futbolchilar xuddi Eden Azarga o‘xshab chap qanotda o‘ynashni yoqtirishadi. Mening yangi pozitsiyam garchi qanotda bo‘lsada, menga birmuncha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Men o‘z ustimda qattiq mehnat qilyapman va shu bois murabbiydan meni tez-tez maydonga tushirishini so‘rab qolaman. Ikkala qanotda ham o‘ynash menga “Real”da ham, Braziliya terma jamoasida ham yordam berishi mumkin”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius “Real”da 2018 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!