Vinisius nega “Real” bilan yangi bitim tuzmayotgani sababi oshkor bo‘ldi

  • 14.01.2026 21:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati bir necha oy davomida braziliyalik legioner Vinisius Zhunior bilan yangi shartnoma tuzish masalasini hal qila olmay kelayotgan edi. Endi buning sabablari oshkor bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Vinisius bosh murabbiy Xabi Alonso ning klubdagi kelajagi qanday bo‘lishini kutgan. Taniqli insayder Fabrizio Romanov ular o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyat bo‘lganini ta’kidladi.

- Xabi bilan ayrim futbolchilar o‘rtasida munosabatlar bir necha oydan beri tarang edi. Mavsumning birinchi yarmidagi ilk “el-klasiko”da nima bo‘lganini hammamiz ko‘rdik. “Real” o‘sha bahsda “Barselona”ni mag‘lub etdi, ammo Vinisius Zhuniorning zaxiraga olinganidagi reaksiyasi hammaning yodida qoldi.

Shundan keyin Xabi Alonso u bilan munosabatlarni to‘g‘rilashga, umumiy til topishga harakat qildi. Ammo men avval aytganimdek, Vinisiusning “Real” bilan yangi shartnomasi masalasida futbolchi klubda Xabi Alonso bilan bog‘liq vaziyat qanday yakun topishini kutaotgan edi. Shu bois Vinisius bilan bog‘liq voqea barcha jarayonlar uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ldi, - deb yozdi Romano.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!