Vinisius "Real"da o‘zini qadrlanmayotgandek his qila boshladi

  • 26.07.2026 14:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Vinisius Zhunior so‘nggi haftalarda klubning «Atletiko» forvardi Xulian Alvares va «Bavariya» hujumchisi Maykl Olisega qiziqishi ortidan o‘zini yetarlicha qadrlanmayotgandek his qila boshladi. Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik vingerning o‘yin darajasi yuqori bo‘lishiga qaramay, «Qirollik klubi» avval jarimalar maydoni ortida harakat qiladigan yarim himoyachi Jud Bellingemni olib keldi, shundan so‘ng esa hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzoladi. Shu bois Vinisius o‘zini jamoada ikkinchi darajali figuraga aylanganday tuya boshlagan.

Shu bilan birga, «Real» rahbariyati 26 yoshli futbolchini hali ham jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘rishda davom etmoqda. Vinisius esa «Leyptsig» vingeri Yan Diomandni sotib olish ehtimoliga qaramasdan, ispan grandi tarkibida asosiy figura sifatida qolishni istayapti.

Vinisius va «Real» hamkorlikni davom ettirish tarafdori, biroq tomonlar 2027 yil yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti. Hujumchi yangi bitim doirasida yillik 20 million yevro maosh talab qilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!