Vinisius “Real”ning transfer siyosatiga bevosita ta’sir o‘tkazmoqda
Braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning kelajagi “Real” klubining yozgi transfer rejalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmoqda. Agar uning shartnomasi uzaytirilsa, klub ushbu yozda yirik transferlardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Bu haqda Ok Diario nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Vinisiusning o‘zi jamoada qolishni xohlaydi va uning vakillari muzokaralarni qayta boshlash niyatida. Klub rahbariyati ham hamog uni uzoq muddatli loyihaning asosiy o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Ammo yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, “Real” 2027 yilda uni tekinga yo‘qotib qo‘ymaslik uchun transferga qo‘yishiga to‘g‘ri keladi.
“Qirollik klubi” Vinisiusning o‘rniga hozirdan nomzod topib qo‘ygan. Madrikliklar transfer ro‘yxatiga “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland va “Atletik” etakchisi Niko Uilyamsni kiritgani aytilmoqda.
Joriy mavsumda Vinisius «Real» safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etdi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 150 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar