Vinisius, sen bu jamoaga to‘g‘ri kelmaysan!

  • 28.07.2026 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Uotford» sobiq futbolchisi Troiy Dini Madriddning «Real» klubi  hujumchisi Vinisius Juniornig Londonning «Arsenal» jamoasiga ehtimoliy o‘tishi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

- Agar bu transfer amalga oshsa, liga uchun juda katta yutuq bo‘ladi. Vinisius – jahon darajasidagi yulduz. Lekin shaxsan menga bu o‘tish varianti ma’qul emas. Uning o‘yin uslubi “kanonirlar” uslubiga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘ylayman. 

Artetaga ham braziliyalik futbolchining xarakteri yoqishi qiyin. Unga bu jamoaga moslashish juda og‘ir bo‘ladi, – deya ta’kidladi Dini Talksport nashrining yutub-kanalida.

Vinisius 2018 yil yozidan buyon «Qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining taxminiy bozor qiymati 140 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!