Vinisius uchun dahshatli summa ko‘rsatilgan rasmiy taklif keldi

  • 02.08.2026 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» klubi «Real» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Zhuniorni sotib olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi Madrid jamoasiga 26 yoshli futbolchi uchun 135 million yevro miqdorida rasmiy taklif yo‘llagan. Shartnomada qo‘shimcha bonuslar sifatida yana 10 million yevro to‘lanishi mumkinligi qayd etilgan. Xabarga ko‘ra, Vinisius ingliz klubi bilan shaxsiy shartnoma bandlarini kelishib olgan va Madridni tark etish niyatini ma’lum qilgan.

Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng yakunlanadi. Avvalroq tomonlar yangi bitim shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu bois, agar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilmasa, braziliyalik hujumchini qo‘lga kiritishda «Arsenal» asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.

Vinisius 2018 yil yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida u turli musobaqalarda jami 375 o‘yinda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!