
Vinisius uchun “Real” talab qilgan 1 milliard evro to‘laydigan klub topildi
“Real” yulduzi Vinisius Juniorning “Qirollik klubi”dan ketishi haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topadigan ko‘rinadi.
Vinisius 2025 yili Madridni tark etishi mumkin. Unga hozirning o‘zida PSJ va “Manchester Yunayted” xaridor.
“Real” xo‘jayinlari ham braziliyalik to‘purarni tarkibda saqlab qolmoqchi va unga yangi shartnoma tayyorlayapti. Biroq “Real” 1 milliard evrolik taklif bo‘lsa, Vinisius Juniorni qo‘yib yuborishini bildirgan.
Odatda, katta klublar o‘z yulduzini uzoq muddat saqlab qolish uchun badal puli miqdorini hech kim to‘lamaydigan qilib belgilaydi.
El Gol Digital nashrining ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi madridliklar Vinisiusga belgilagan bir milliard evro miqdoridagi badal pulini to‘lashga rozi bo‘lgan.
Agar bu transfer amalga oshadigan bo‘la, jahon futboli tarixidagi eng qimmatbaho savdo sifatida barcha rekordlarni yo‘qqa chiqaradi.
Fikrlar