Vinisiusni faqat bitta klub xarid qila oladi

  • 20.07.2026 15:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik hujumchi Vinisius Zhunior Madriddning “Real” klubi bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.

Bu haqida Madrid Universal insayder Romen Molina ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Agar yangi shartnoma imzolanmasa, madriddliklar braziliyalik futbolchini tekin qo‘ldan chiqarmaslik uchun shu yozning o‘zida sotishi mumkin.

Hozirgi vaqtda Vinisius transferini amalga oshirish imkoniga ega yagona klub sifatida “Manchester Yunayted” e’tirof etilmoqda.

26 yoshli yulduzning bozor qiymati 140 million yevroga baholanmoqda. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Vinisius Madrid klubida 2018 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!