Vinisiusning yangi maoshi miqdori ochiqlandi

  • 06.08.2026 15:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» klubi vinger Vinisiusga yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 24 million yevro maosh taklif etgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu miqdor ham Madrid jamoasi rahbariyatini, ham futbolchining o‘zi vakillarini qoniqtirgan. Yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlanganidan beri ilk bor tomonlar uchrashuvni ijobiy ruhda yakunlagani aytilmoqda.

Hozirda Vinisiusning amaldagi shartnomasiga ko‘ra, u bir mavsum uchun 20 million yevro maosh oladi. Bu kelishuv 2027 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!