Virjil van Deyk Saloh bilan bo‘layotgan muammo haqida gapirdi
"Liverpul" kapitani Virjil van Deyk Chempionlar ligasida "Inter" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoadoshi Muhammad Saloh bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Ma’lumki, 33 yoshli misrlik hujumchi APLdagi uchta o‘yinni zaxirada boshladi, "Inter"ga qarshi bahs ro‘yxatiga ham kiritilmadi. Uchrashuvdan keyin Saloh klub va bosh murabbiy Arne Slotni tanqid qilgan edi:
"Men klub uchun juda ko‘p ish qildim, ammo meni avtobus ostiga tashlayapti. Afrika Kubogi oldidan xayrlashaman – keyin nima bo‘lishini bilmayman", — degan edi u.
Saloh haqida
"Bu oson emas, biz hammamiz murakkab vaziyatga tushib qoldik. Saloh bilan klub orasida turli voqealar bo‘layapti, u bugun biz bilan emas — bu reallik. Lekin fikr-jamlanganlik va qat’iyatlilik borasida hech narsa o‘zgarmadi", — dedi van Deyk.
Saloh uzr so‘rashi kerakmi?
"Kimdir uzr so‘rashi kerak, deb aytish mening vazifam emas. U so‘nggi kunlarda o‘z his-tuyg‘ularini ochiq bildirdi. Bu masala bilan klub shug‘ullanadi, albatta, men ham. Bizda diqqat avvalgidek bo‘ldi, hech narsa o‘zgarmadi. U har doimgidek mashg‘ulot qildi.
Haqiqat shundaki, Mo tez orada Afrikaga ketadi. Men uni juda yaxshi bilaman, ko‘p yillik do‘stmiz — ko‘tarilishlar va qulashimizni birga ko‘rganmiz. Biz gaplashamiz, bunday holatlar ichkarida qoladi — shunday bo‘lishi kerak. Biz esa o‘zimizga kelib, tashqi shovqinga qarshi turishimiz zarur.
Eng muhimi — bir-birimiz bilan gaplashish. Tiklanish va "Brayton"ga tayyorlanish kerak. Yaxshi lahzalardan xursand bo‘lish, ulardan zavq olish lozim — aks holda g‘alabaning qiymati qolmaydi. Biz bu erda tunni o‘tkazamiz, yaxshi uxlash va yaxshi ovqatlanish zarur. Haddan tashqari xursand bo‘lib ketmaslik, shu bilan birga tushkunlikka ham tushmaslikka harakat qilamiz", — dedi kapitan.
Fikrlar