"Vissel Kobe"dagi sobiq "Barselona"chilar soni 3 nafarga etdi
Bundan bir necha kun oldi "Barselona" bilan shartnomasini muddatidan avval bekor qilgan yarim himoyachi Serxi Samper bugun Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 24 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2020 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, "Vissel Kobe" safida Andres Inesta va David Vilya kabi “Barselona”ning sobiq yulduzlari to‘p surimoqda. Shuningdek, ushbu jamoada Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Lukas Podolski ham bor.
Fikrlar