Vitaliy Denisov: "Portugaliya va Kolumbiya haqida ortiqcha gapirish shart emas!"
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov "Match TV" telekanaliga intervyu berdi. U intervyuda milliy terma jamoamizning 2026 yildgi Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqishini istashini aytdi.
— Bu O‘zbekiston terma jamoasining birinchi Jahon chempionati. Jamoa turnirga yo‘llanma olganida qanday his-tuyg‘ular o‘tdi?
— Tabiiyki, men bundan faxrlandim, faxrga to‘ldim. Yigitlar, mamlakatim uchun baxt va quvonch.
— Fabio Kannavaro yaqinda milliy terma jamoa murabbiyi lavozimini egalladi. U jamoaga qanday muhim fazilatlarni olib kelishi kerak?
Avvalo, tajribasi bilan o‘rtoqlashishi va yangilik olib kelish. Men uning jamoamiz bilan muvaffaqiyat qozonishini istayman.
O‘zbekiston guruhida Portugaliya, Kolumbiya va uchta jamoadan biri: Yangi Kaledoniya, Kongo Demokratik Respublikasi va Yamayka terma jamoalari ishtirok etadi. Jamoaning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
"Imkoniyat bor, shunchaki undan foydalanishimiz kerak. Baribir bu oson bo‘lmaydi. Shubhasiz, Portugaliya va Kolumbiya haqida ortiqcha gapirish shart emas - ular yaxshi shakllangan, kuchli jamoalar va biz ularga qarshi qiynalamiz. Biz o‘z kuchli tomonlarimizdan foydalanishimiz kerak va Xudo xohlasa, hamma narsa yaxshi bo‘ladi. Albatta, men jamoamning guruhdan chiqishini - minimal maqsadga erishishini istayman", dedi Denisov.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Denisov O‘zbekiston terma jamoasi safida 71 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar