Vitaliy Klichkoga restoranda jang taklif qilishdi

  • 24.09.2019 15:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Professional boks bo‘yicha  og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni, Kiev meri Vitaliy Klichko restoranlardan birida unga jang qilish taklifi bildirilganligi haqida gapirib berdi.

"Bir necha kun oldin men restoranga bordim.  U erda bir inson “Janob Klichko men sizni janglaringizni ko‘rganman. Ammo, shuni aytishim mumkinki, siz bilan raqobatlasha olaman. Ishonamanki sizni mag‘lub etaman”,-dedi. Unga qanday javob bera olardim? Va men unga aytdim: "Men professionalman, lekin professionallar faqat pul uchun boks tushishadi. Bepul jang qilish esa mening qoidalarimga kirmaydi. Men bilan jang qilish esa juda qimmat. Agar, siz bir necha million dollar to‘plasangiz, ehtimol siz va men to‘qnash kelarmiz. " U esa buni rad etdi. Klichko bilan jang qilish uchun u qancha pul to‘plash kerakligi haqida o‘ylay boshlagan bo‘lsa kerak”,- dedi News One telekanaliga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!