Vitaliy Levchenko qo‘ldan chiqarilgan g‘alaba, Norchaev nega kelmagani va G‘ofurovning almashtirilishi haqida gapirdi
Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. To‘pni, umuman uchrashuvni nazorat qildik va gol kiritdik. Ikkinchi taymda esa o‘yinni tashlab yubordik va hisobni saqlashga intilib, yakunda uni qo‘ldan chiqardik.
Norchaev termadan tizzadagi jarohati bilan qaytdi. Shu sababli u Toshkentda qoldi va tekshiruv natijalaridan keyin uning holati qay darajada ekanini bilib olamiz.
Kubok finali Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Ammo ungacha hali vaqt bor. Endigina guruh bosqichi yakuniga etdi. Albatta, har bir jamoa finalni o‘z maydonida, muxlislari qarshisida o‘tishini istaydi.
G‘ofurov tanaffusda o‘zini noxush sezdi va shu sababli uning o‘rniga Safarov maydonga tushdi. "Neftchi"ga nima etishmadi? Yana bir gol. O‘tkazib yuborilgan golda aynan biror futbolchini ayblashni istamayman. O‘yinni tahlil qilib chiqish lozim. Albatta, raqib futbolchisiga zarba yo‘llashiga imkon qoldirdik. Bu bizning xatomiz", - deydi farg‘onaliklar ustozi.

Fikrlar