Vodiy klubidan taklif bo‘ldimi? Futbolni aldab bo‘lmaydi deganda nimani nazarda tutdi? Andrey Shipilovdan o‘zgacha javoblar

  • 1 may, 2021, 03:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iste’fo – bu murabbiyning hayotida chambarchas bog‘liq. Kuzatayotgan bo‘lsangiz, chempionatimiz boshlangach, tezda murabbiylar o‘zgarishi kuzatildi. Ulardan biri bevosita Andrey Shipilov bilan bog‘liq bo‘lgani ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi, shunday emasmi?

Tecno

Holbuki, u “Metallurg”ni uch yildan ziyod vaqt davomida boshqarib kelgan va natijalar ham chakki emasdi. Joriy mavsumning ilk turlarida keyinoq, Andrey Sergeevichga chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Natijada u yurtimizdagi “nafaqa”dagi murabbiylar qatoriga qo‘shildi. Lekin uning yana o‘z ishiga qaytishi borasida ham gap-so‘zlar yo‘q emas.  

- Andrey Sergeevich, iste’foga chiqarilgan murabbiy uchun eng og‘riqli holat nima?

- Bu masalada hammaning o‘z individual qarashi bor. Vaziyat shundan kelib chiqqan holda ko‘rinish hosil qilgan.

- “Metallurg”ning o‘yinini kuzatish sizga qiziqmi?

- Men shu vaqt davomida AGMK va “Paxtakor”ning o‘yinlarini tomosha qildim. Shuningdek, endi “Nasaf”ning ishtirokini ham sabrsizlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, barcha jamoalar bizni yaxshi natijalar bilan quvontiradi. Men shunga qattiq umid bog‘laganman.

shipilov2_2

- Siz uchun O‘zbekistonning eng kuchli murabbiyi kim?

- Buni izohsiz qoldiraman.

- Murabbiylik ishingizda tanaffus qilmoqchimisiz yoki tezroq ishga qaytmoqchimisiz?

- Hammasi ishlash uchun yaratilgan shart-sharoitlarga chambarchas bog‘liq. Jumladan, infratuzilma hamda moliyaviy imkoniyat bu borada katta ahamiyat kasb etadi. Rahbariyatning tushunishi bevosita jamoa oldiga qo‘yiladigan vazifalarni belgilab olishda qo‘l keladi.

- Shunday gap-so‘zlar paydo bo‘ldi: ya’ni, sizga “Andijon”dan taklif bo‘lgan?! Shu rostmi?

- Bu borada ayni chog‘da biror-bir izoh berishga ojizman. Men muayyan taklif bo‘lmaguncha bu masalani ko‘rib chiqish niyatida emasman. Meni shunday tarbiyalashgan: ishlashim mumkin bo‘lgan joyda boshqalar mehnat qilayotgan ekan, ularning o‘rniga aslo ko‘z tikmayman. Vaholanki, bizda buning umuman aksi o‘laroq, boshqa kishi ishlayotgan joyga nazar tashlash, kerak bo‘lsa, uni siqib chiqarish kabi salbiy holatlar kuzatib turiladi. Endi bunday holatlar oddiy voqea sifatida qabul qilinadigan bo‘lib qolgan.

shipilov1_3

- “Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasida guruhda qolib ketganiga qanday munosabat bildirasiz?

- Bu juda achinarli holat. Bunday vaziyatga nazar tashlash kishini juda qiynab yuboradi. Shunday holatlar yuzaga kelsa, jamoadagi etakchilar bir chekkaga o‘tib tomoshabin bo‘lib olishni ma’qul ko‘radilar. Ular shunday vaziyatda xuddi jamoada yo‘qdek bo‘lib qolishadi. Bu “Paxtakor”ning ichki muammolari bo‘lib, holat qanday tus olganidan mutlaqo bexabarman. Quvontirayotgan yagona narsa shuki, yosh futbolchilar o‘zlarini namoyish etishga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Ular uchun bu turnir o‘ziga yarasha sinov maktabi vazifasini bajarib berdi. Endi bu yigitlar yanada o‘sishlari uchun nima qilishlari kerakligini bilib oldilar.

- Superligada qaysi jamoadan syurpriz kutyapsiz?

- Syurprizlar bo‘lmaydi. Hamma o‘z o‘rnida qoladi. Futbolni aldab bo‘lmaydi. Kimdir mashg‘ulotda churq etmay tishni-tishga qo‘yib shug‘ullansa, yana kimdir shunchaki gap sotishdan va vaqtni behuda o‘tkazishdan bo‘shamaydi. Dastlabki toifadagi o‘yinchilar esa albatta faoliyatlari davomida muvaffaqiyat qozonadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!