Volejbol. 2026 yil yirik musobaqa bilan boshlanadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 22–29 yanvar kunlari erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati — Oliy liga, 1-tur bahslari boʻlib oʻtadi. Ushbu musobaqa 2026 yildgi voleybol mavsumining ilk va eng muhim turniri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Musobaqa oʻyinlari Olimpiya shaharchasi jamoaviy sport turlari zali hamda “Jar” sport-sogʻlomlashtirish markazida oʻtkaziladi.

Musobaqa quyidagicha boʻlib oʻtadi: 
- 21 yanvar kuni jamoalar oʻrtasida qurʻa tashlash marosimi boʻladi, 
- 22 yanvardan esa rasmiy uchrashuvlar start oladi. 
- 24 yanvar kuni Olimpiya shaharchasida chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi. Unda Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) Prezidenti Ramon Suzaraning rasmiy tashrifi kutilmoqda. 

Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!