Volkov: "Uning har bir zarbasi raqiblarni nokdaunga uchratadi"
UFC og‘ir vazn toifasi vakili Aleksandr Volkov bo‘lajak raqibi Sergey Pavlovich bilan bo‘lgan sparringni yodga oldi.
"Uning har bir zarbasi aniq va xohlagan raqibini nokdaunga uchrata oladi. Zarbalariga bazo‘r bardosh berganman. Hech bo‘lmaganda bitta raundni ham o‘z foydamga hal qilolmaganman. Ammo endi biz bir-birimizga raqibmiz. Endilikda, unga qarshi munosib jang qilishga harakat qilaman", - dedi Volkov.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Volkov va Sergey Pavlovich Saudiyadagi UFC turnirida oktagonga chiqadi.
Fikrlar