Voytsex Shensni: "Barselona bilan katta marralarni ko‘zladik"
Voytsex Shesni "Barselona"ning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini yuqori baholadi.
- "Barselona" oxirgi marta 2015 yilda Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan edi. Oradan deyarli 10 yil o‘tdi. "Barsa"ni chempionlik uchun favoritlardan biri deb hisoblaysizmi yoki haqiqatni aytganda, hali uzoqmi?
- Evropada bir nechta klublar borki, ular doimo evrokuboklarni yutish uchun intiladilar va hech qachon shunchaki ishtirok etish uchun o‘ynamaydilar. Bu erga kelganimdan oldin ko‘rganlarimga ko‘ra, jamoa ayni holatda juda yaxshi. "Ko‘k-anorrangliliar"da hilma-hil fazilatlar mujassam va kelajakka umidlar katta.
Ishonchim komilki, har bir kishi sovrinlarni yutib olish uchun 100% borini beradi. Lekin bu sodir bo‘lmagan taqdirda ham, bu yil Chempionlar ligasida g‘olib chiqmasa ham, "Barselona"ning kelajagi porloq.
- "Real Madrid" Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi. Ular bu mavsum ham turnir favoritlarimi?
- Bu klub doimiy barcha turnirlarda g‘alaba qozonish uchun o‘ynaydigan jamoalardan biri. Ishonchim komilki, "Barselona" mazkur turnirda ularga haqiqiy raqobat taqdim etishga va bosh sovrinni qo‘lga kiritishga albatta harakat qiladi", - dedi kataloniyaliklarning yangi darvozab
Fikrlar