Asosiy mazmunga oʻtish

VXL. 18-soniyada hisobni ochgan "Humo" yakunda mag‘lub bo‘ldi

Shahzod
Izohlar: 0

Bugun Oliy Xokkey ligasi - Buyuk ipak yo‘li kubogi muntazam chempionati doirasida Toshkentning "Humo" klubi o‘z maydonida Tyumenning "Rubin" jamoasini qabul qildi.

"Humo-Arena" muz saroyida kechgan bellashuvning 18-soniyasidayoq mezbonlar Pavel Zdunovning aniq zarbasidan so‘ng hisobni ochishga erishdilar. Ikkinchi davrning ekvatorida esa Egor Chuguev muvozanatni tikladi. Uchrashuv yakunlanishiga 7 daqiqa qolganida himoyachilarning xatosidan so‘ng Denis Sander Roman Smiryagin darvozasini ishg‘ol etib, jamoasiga g‘alaba keltirgan shaybani kiritishga erishdi.

Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari mavsumdagi beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa o‘zining kelgusi o‘yinini 5 oktyabr kuni Xanti-Mansiyskning "Yugra"ga qarshi o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q