VXL. "Humo" KXLda o‘ynaydigan jamoaning farm-klubini mag‘lub etdi

Toshkentning "Humo" klubi bugun Xitoyning KRS-BSU jamoasi mehmoni bo‘ldi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda Evgeniy Popixin shogirdlari 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Toshkentliklar safida shaybalarni Pavel Zdunov, Roman Tatalin va Pavel Sinyavskiylar kiritishdi.

Qayd etish joiz, KRS-BSU jamoasi Kontinental (mintaqaviy) xokkey ligasida ishtirok etadigan "Kunlun Red Star" klubining farm-jamoasi sanaladi.

Bugungi muvaffaqiyat natijasida "qanotlilar" hisobidagi ochkolar soni 30 taga etdi va jamoa o‘z konferentsiyasida 8-o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!