WBA oktyabr oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Shohjahon va Shahramda o‘zgarish...

  • 1 noyabr, 2021, 22:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) oktyabr oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi.

Tecno

Super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov o‘tgan oydagi kabi 2-o‘rinda qayd etilgan. 

Super engil vaznda (-63,5 kg) faoliyat olib borayotgan Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev sentyabr oyidagi 5 va 8-o‘rindan 2 pog‘ona pastlab, mos ravishda 7 va 10-o‘rinda qayd etilgan. Birinchi o‘ta engil vazn toifasida (-48,9 kg) Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi kabi 4-o‘rinni saqlab qoldi. 

Birinchi yarim engil vaznda (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev chempion sifatida reyting yuqorisidan joy olgan. Shuningdek, u IBF chempioni ham hisoblanadi. 

Ushbu reytingdan boshqa bokschilarimiz o‘rin olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
08/11/2021 23:26
Катта омад ва мувофақиятлар тилаб қоламиз. Олға йигитлар.
&
Бухорий Шариф
08/11/2021 23:26
Катта омад ва мувофақиятлар тилаб қоламиз. Олға йигитлар.