
WBA reytingi yangilandi. Bir nafar bokschimiz pastladi...
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) sentyabr oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Reytingda deyarli katta o‘zgarishlar yo‘q.
Super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov o‘tgan oydagi kabi 2-o‘rinda qayd etilgan. Super engil vaznda (-63,5 kg) faoliyat olib borayotgan Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev ham mos ravishda 5 va 8-o‘rinda qoldi. Birinchi o‘ta engil vazn toifasida (-48,9 kg) Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi 3 dan 1 pog‘ona pastlab, 4-o‘ringa tushdi.
Birinchi yarim engil vaznda (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev chempion sifatida reyting yuqorisidan joy olgan. Shuningdek, u IBF chempioni ham hisoblanadi.
Ushbu reytingdan boshqa bokschilarimiz o‘rin olmagan.




Fikrlar