WBAning avgust oyi uchun yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rinlarda qayd etildi?

  • 2 sentabr, 2020, 14:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBA avgust oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bir nechta hamyurtimiz yuqoriga ko‘tarilishga erishgan.

Super o‘rta vaznda (76.2 kg) Bektemir Meliqo‘ziev va yarim og‘ir vaznda Rustam To‘laganov (79.3 kg) avvalgi oyda mos ravishda 15-o‘rinni egallab turgan edi. Ular yangilangan holatda 14-pog‘onada qayd etildi. Super yarim o‘rta (69.8kg) vaznda Isroil Madrimov 2-o‘rindan bir pog‘ona yuqoriladi va reytingda peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Isroil Madrimov hozirda jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. Super engil vaznda (63.5kg) esa o‘zgarish bo‘lmadi. Ya’ni, avvalgi oydagi kabi Shohjahon Ergashev 7-o‘rinda, Shahram G‘iyosov 6-o‘rinda qayd etilgan.

 Murodjon Ahmadaliev o‘z vaznida (55.2 kg) WBA va IBF chempioni sifatida e’tirof etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!