Asosiy mazmunga oʻtish

WBC Rayan Garsiyani jazolamoqchimi?

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Maurisio Sulaymon bu borada bayonot berdi.

WBC prezidenti Maurisio Sulaymon o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilot doping-testdan o‘ta olmagan Rayan Garsiyani jazolashni rejalashtiryaptimi, degan savolga javob berdi.

 "Biz uni mutlaqo jazolamoqchi emasmiz. Biz Rayanga yordam bermoqchimiz, u inson, u azob chekmoqda, qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda. Bu boks bilan bog‘liq muammo emas, Rayanga hozir zudlik bilan yordam va e’tibor kerak. Chempion, biz shu yerdamiz. Biz sen bilan”, – deb yozdi Sulaymon ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Garsiya(25-1, 20 KO) hakamning qarori bilan Xeyni(31-1, 15 KO)ni mag‘lub etgan, ammo kecha jang natijasi bekor bo‘lib, Rayanning o‘zi esa bir yilga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q