WBO reytingi yangilandi. Isroil Madrimov ilk bor...
Ahmadbek Eshmatov
Butunjahon boks tashkiloti noyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) noyabr oyi uchun reytingni yangiladi.
Super o‘rta vazndagi bokschimiz Isroil Madrimov ilk bor WBO reytingiga kirib, 10-o‘rinni egalladi. Olimjon Nazarov (50,8 kg) o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona yuqorilab, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Muhammad Shexov (55,3 kg) oktyabrdagi kabi 5-o‘rnini saqlab qoldi. Shahram G‘iyosov (66,6 kg) hali ham vazn peshqadamligini hech kimga bermayapti. Bektemir Meliqo‘ziev (76,2 kg) esa o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona yuqorilab, 9-o‘rinni band etdi.

Izohlar (0)