Asosiy mazmunga oʻtish

"World Boxing" kubogi. Bir nafar bokschimiz yarim, ikki nafari chorak finalda ringga ko‘tariladi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Bugun uch nafar bokschimiz o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Ayni kunlarda Qozog‘istonning Ostana shahrida "World Boxing" tashkiloti kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun uch nafar bokschimiz o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi. Sabina va Navbahor chorak finalda ringga ko‘tarilsa, Oltinoy Sotimboeva final uchun qozog‘istonlik bokschi bilan bahsga kirishadi.

-51 kg: Sabina Boboqulova - Pila Kaivo-Oja (Finlandiya);

-65 kg: Navbahor Hamidova - Beatriz Oliveira (Braziliya);

+80 kg: Oltinoy Sotimboeva - Eldana Talipova (Qozog‘iston);

Bahslar 19:00 dan boshlab start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q