World Boxing kubogining final bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tadi!

  • 27.11.2025 22:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, Liverpulda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati doirasida World Boxing tashkiloti kubogining final bosqichi mezbonligini qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirilgan edi. O‘zbekiston boks federatsiyasi vakillari ham mezbonlik uchun o‘z taqdimotlarini World Boxing Ijroiya Qo‘mitasiga taqdim etdi. 

Yuqori saviyada qo‘mitaga taqdim etilgan taqdimot, World Boxing direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanib, O‘zbekistonga ishonch bilan topshirildi. 

Endilikda, 2026 yilgi World Boxing tashkiloti  kubogi bahslarining final janglariga Toshkent mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Musobaqa noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Kubok bahslarining birinchi bosqichi aprel oyida Braziliyada o‘tkazilsa, ikkinchi bosqich iyunda Xitoy davlatida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!